17 Avgust 2020 yil 839

Xorijga chiquvchilar uchun eslatma!

Oʻzbekiston RespublikasiPrezidentining 2017-yilning 16-avgust kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5156 sonli farmoni asosida 
2019-yilning 1-yanvar kunidan boshlab, Respublikamiz hududidan tashqariga chiqayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirib berish amalga kiritildi.

Mazkur farmon talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomalarga koʻra viza asosida kirib-chiqish tartibi oʻrnatilgan davlatlarga 2019-yilning 
1-yanvaridan boshlab, dunyoning barcha mamlakatlariga esa 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirgan holda respublikamiz hududidan chiqish amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar respublikamiz hududida oʻrnatilgan karantin qoidalari sabab, viloyatning shahar va tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlarida fuqarolarni qabul qilish yuzasidan ayrim cheklovlar mavjud boʻlganligi, joriy yilning 17-avgust kunidan boshlab respublikamiz hududida karantin cheklovlari bir muncha yumshatilayotganligi, 2021-yilning 1-yanvaridan soʻng dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun xorijga chiqish biometrik pasporti zarurligi, shu sabab fuqarolarning murojaatlari koʻpayib ketishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, kelgusida xorijga chiqish istagi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish uchun viloyatimizning barcha shahar va tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga murojaat qilish mumkinligini maʼlum qilamiz.

 

Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech