5 Noyabr 2021 yil 391

Xodimlarning bilim saviyasi hamda jismoniy tayyorgarligi xizmat itlarini jangovarlik holati oʻrganildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik B.T.Abdullayev tomonidan imzolangan reja topshirigʻiga asosan, IIV PPX va JTSBB xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi 750-son qarori va IIVning tegishli buyruq talablarining ijrosini taʼminlash borasida Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmati FMBda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha tekshiruvlar amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar davomida xodimlarning bilim saviyasi hamda jismoniy tayyorgarligi xizmat itlarini jangovarlik holati, xizmat itlarining koʻnikmalari hamda kinolog xodimlarning ajratilgan texnik kuch vositalari, veterinariya sanitariya holatlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganilib xodimlarga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech