13 Oktyabr 2022 yil 298

 “Xavfsiz tun tadbiri” Boyovut tumanida.

Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotganlar 71 nafarni, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlar 44 nafarni, Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganlar 55 nafarni, Sinov muddati jazosi 1 nafarni, majburiy jamoat ishlari jazosi 1 nafarni, muddatidan ilgari shartli ozod etilganlar 81  nafarni jami 253  nafar nazorat ostidagi shaxslarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish, maqsadida Boyovut tumani IIB boshlig‘ining kunlik tun tadbriga jalb etilgan sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda 71 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagilarni ish joylaridan, hamda 55 nafar Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni sud tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya etib yashayotganligini tekshirilib, muntazam nazorat qilib borilmoqda, tekshiruv natijasida uch nafar nazorat ostidagi shaxslar sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va majburiyatlarini buzganlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan Boyovut tumani IIB boshlig‘i tomonidan ogohlantirish intizomiy chorasi qo‘llanildi. 

       Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi

Text to speech