“Virus blokator” (beydjik) 2 metr masofagacha virusdan himoya qiladi, deyishyapti. Shu rostmi?
Viruslar blokatori — Yaponiyada kashf qilingan individual beydj, hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari ham uni ishlab chiqarmoqda. Kashfiyotchilarning taʼkidlashicha, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirishga va bakteriya, virus va qo‘ziqorinlarni yo‘q qilishga yordam beradi.
Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatdan inson atrofida tozalikni taʼminlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bug‘ shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni sepish kerak, plastik yoki qog‘ozga kiritish emas. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo‘zg‘atuvchisida sinovdan o‘tkazishgan, ishlab chiqaruvchilar esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99 foizga himoyalashini aytishmoqda.