15 Oktyabr 2021 yil 552

Viloyat 3 sektor rahbari Boʻronov Shuhrat Husanovich Xovos tumani aholisining muammolarini oʻrgandi.

Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari polkovnik Sh.H.Boʻronov Xovos tuman hududida tuman yoshlari bilan “Yoshlar uchrashuvi” va tuman fuqarolari bilan ommaviy sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning faoliyatida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolari hamda takliflari oʻrganildi. Bundan tashqari yoshlar tomonidan oʻz faoliyatini shakllantirish davridagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib ularga masʼul tashkilot rahbarlari biriktirilib viloyat 3-sektor rahbari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlarni olishdagi muammolar, subsidiya olish, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga kirish, uy joy bilan taʼminlash masalalarida jami 45 ta murojaatlar kelib tushdi. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlardan 11 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal qilinib, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, qolgan 29 ta murojaatlar sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Bu kabi uchrashuvlardan keyin fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi boʻyicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech