12 May 2022 yil 314

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni amalda

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi talablari asosida, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi hamda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llash natijasida, hozirgi kunda Sirdaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tib muqim yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hozirgi kunda 1822 nafarni tashkil etib, shundan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 322 nafari “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuning 6-moddasi asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish masalasida arizalar topshirgan bo‘lib, ularning 321 nafariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tan olinib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartalari bilan rasmiylashtirilishiga erishildi.

 Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB

Text to speech