Tungi yo‘riqnoma
Sirdaryo viloyati hududida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan sohaviy xizmat xodimlariga Sirdaryo viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Ushbu tungi yo‘riqnomada viloyat prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlashga oid chora tadbirlar, «Xavfsiz ko‘cha», «Xavfsiz yo‘lak»larni tashkil etilishi yuzasidan topshiriqlarini berib o‘tishdi.
Tungi yo‘riqnomadan so‘ng, masʼul rahbarlar Guliston shahridagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Guliston shahridagi “Qizil” toifadagi mahalla yettiliklariga mahallani qizil toifadan chiqarishlari va jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tishdi.
Jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ushbu tadbirlar viloyatimiz hududlari bo‘ylab davom etmoqda. ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tishdi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati