18 Noyabr 2022 yil 823

Tropikamid va Zardeks manziliga yetib bormadi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Sirdaryo viloyati IIB JQB tezkor xodimlari hamkorlikda Guliston shahar hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Guliston shahar Ulugʻyoʻl mahallasi hududidan oʻtuvchi M-34 avtoyoʻlining Toshkent-Guliston yoʻnalishi boʻyicha Neksiya-2 rusumli avtomashinada harakatlanib kelgan fuqaro X.A tanishi, 1987-yilda Xovos tumanida tugʻilgan, fuqaro S.Zga plastik kartaga oʻtkazib bergan 100.000 soʻm pul mablagʻi evaziga 2 dona “Zardeks” nomli dori vositasini oʻtkazayotgan vaqtda xolislar ishtirokida ushlanib, avtomashina old oʻng oʻrindiq ustidan 2 dona “Zardeks” nomli dori vositasi hamda avtomashina orqa oʻrindigʻidagi X.A ning kurtkasi ichki choʻntagidan 1 dona “Trapikamid” nomli dori vositalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida, X.A ning jinoiy sherigi M.Yu tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan dori vositalarni Toshkent shahridan sotib olib qaytayotganligi aniqlangan. Shundan soʻng, tezkor tadbir Sirdaryo tumani hududida davom ettirilib, Sirdaryo tumani Kamolot mahallasi hududida joylashgan “Sirdaryo YPX” maskanida, 1991-yil Guliston shahrida tugʻilgan fuqaro M.A boshqaruvida boʻlgan Matiz rusumli avtomashina toʻxtatilganda, avtomashina old oʻng oʻrindigʻida oʻtirgan M.Yu va orqa oʻrindiqda oʻtirgan 1990-yilda Guliston shahrida tugʻilgan fuqaro M.I lar yonlarida boʻlgan 2 dona “Tropikamid” va rangsiz sellofan paket boʻlagiga oʻralgan, 15 dona oq va qizil rangdagi kapsuladagi dori vositalarini yerga tashlab yuborganlari aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech