18 Fevral 2022 yil 919

Tezkor! Ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik materiallar tarqatgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarning radikal g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan Sirdaryo tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro «A.X.» qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, «A.X.» “Telegram” messenjerida virtual guruh ochib, aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi audio va video materiallarni joylashtirish orqali uni internet foydalanuvchilari orasida ommalashtirgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida «A.Xning yaqin aloqasi, 1991 yilda tug‘ilgan «G‘.D.» ham aniqlanib, tergovga jalb etildi.

Mazkur shaxslarning uyali aloqa vositalari va yashash manzillaridan olingan daliliy ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi hamda Sirdaryo viloyat IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «G» bandi (ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va «A.Xga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech