5 Fevral 2024 yil 2171

“Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Sirdaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan, yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega fuqarolar, joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin. Bunda, erkak nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.

Nomzodlar joriy yilning 1-fevralidan 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasida harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga https://my.uzbmb.uz ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish, teng huquqlilik prinsiplari va qabul qilishning yagona qoidalari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

1) dastlabki tanlov;

2) maxsus psixologik tanlov;

3) yozma imtihon (diktant);

4) test sinovlari.

Akademiya “Tergov faoliyati” yo‘nalishida bakalavriat dasturi bo‘yicha ta’lim olish muddati uch yilni tashkil etib, bitiruvchilarga belgilangan davlat namunasidagi diplom beriladi.

O‘qitish o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari asosida tashkil etiladi. Davlat grantlari asosida o‘qishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Akademiya bitiruvchilari vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi ko‘zda tutilgan lavozimlarga tayinlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: O‘qishga qabul qilish bo‘yicha Telegramdagi guruhga a’zo bo‘ling. Havola: https://t.me/TV_HMQA_2024

Maʼlumot uchun telefon raqamlari: 97-777-65-65, 97-494-85-41

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shox ko‘chasi, 199-uy (Dinamo sport majmuasi).

Mo‘ljal: ("Stomatologiya markazi" yonida)

Text to speech