1 Iyun 2022 yil 395

Tashkilot hisobchisi kredit mablag‘larini talon taroj qildi.

Fuqaro E.M fuqaro I.Sh va uning Guliston shahar Xalq taʼlimi bo‘limi xodimlar ish haqqi bo‘yicha hisob-kitob hisobchisi lavozimida ishlovchi akasi Sh.Ilar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, haqiqatda hech qayerda ishlamagan bo‘lsa-da, fuqarolar I.Sh hamda Sh.Ilar orqali Guliston shahar 11-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘qituvchi lavozimida ishlaganligi haqidagi 2021 yil 09 mart kunidagi oylik ish haqqi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani soxtalashtirishga erishib, ushbu maʼlumotnoma orqali “Asaka bank” AJ Guliston filiali bilan uning o‘rtasida 2021 yil 30 mart kuni rasmiylashtirilgan kredit shartnomasiga asosan “maishiy texnika vositalarini sotib olish” mazmunida 36 oy muddatga, yillik 25 foiz ustama haqqi to‘lash sharti bilan qiymati 30.000.000 so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, bank oldidagi kredit qarzdorliklarini to‘lamaganligi natijasida o‘zganing ancha miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar Xalq taʼlimi bo‘limi xodimlar ish haqqi bo‘yicha hisob-kitob hisobchisi Sh.I va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “v” bandi va 228-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha Guliston shahar Xalq taʼlimi bo‘limi xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyat bo‘yicha Guliston shahar Xalq taʼlimi bo‘limiga taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma yuzasidan 31.05.2022 yilda Guliston shahar Xalq taʼlimi bo‘limida jinoyat muhokamasi o‘tkazilib, Guliston shahar Xalq taʼlimi bo‘limi rahbarlari va xodimlari, shahar prokurori o‘rinbosari U.Qo‘shboqov, Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi, bo‘linma boshlig‘I kapitan Sh.Azimov, shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surushtiruvchisi katta leytenant A.Bafoyevlar qatnashishgan.

Muhokamada kelgusida mazkur jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab olingan.

 

       SIRDARYO VILOYATI IIB HUZURIDAGI TERGOV BOSHQARMASI

Text to speech