13 Oktyabr 2021 yil 500

Sogʻlom avlod -kelajak poydevori!

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktikasi kabi vazifalarni amalga oshirishda ichki ishlar organlari safini professional, yetuk va malakali kadrlar bilan jamlash masalasi alohida ustuvorlik kasb etadi.

2020-2021 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litsey bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.

Oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash IIV akademik litseylari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Hozirda IIV Sirdaryo akademik litseyida 479 nafar oʻquvchi yoshlar tahsil olmoqda. Joriy yilning 12-oktabrida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi kasbiy tayyorgarlik Boshqarmasining 2/3993 sonli qaroriga asosan 25-oktabr «Ichki ishlar organlari xodimlari “ kuni kuni munosabati bilan “ Yangi Oʻzbekiston- yangi ichki ishlar organi “ shiori ostida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportga boʻlgan intilishni, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish maqsadida sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada oʻquvchi-yoshlar qisqa masofaga yugurish, toʻsinda tortilish, tosh koʻtarish, arqon tortish, avtomatni notoʻliq qisimlarga ajratish va yigʻish, granata uloqtirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha bahslashishdi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan musobaqa yoshlarni harbiy xizmat va oliy harbiy bilim yurtlariga kirishlarida asosiy ahamiyat kasb etmoqda.

Text to speech