11 Noyabr 2021 yil 1095

Sirdaryoda terrorchi guruh aʼzolari qoʻlga olindi.

Joriy yilning 9-noyabr kuni DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha Boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Aniqlanishicha, Xovos tumanida yashovchi B.T. va uning bir nechta hamfikrlari Internet orqali Suriya Arab Respublikasi hududidagi terrorchilik tashkilotlari aʼzolarining taʼsiriga tushib, yaqin aloqalari orasida ekstremistik mazmundagi, xususan “jihod”ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganlar. Shuningdek, guruh yetakchisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib, terrorchi guruhlar tarkibiga qoʻshilishni maqsad qilganligi xususida tasdiqlovchi maʼlumotlar olindi.

Guruh aʼzolarining yashash manzillarida oʻtkazilgan tintuv jarayonida, ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida u hibsga olindi.

Hozirda B.T. va uning aloqalariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech