“Sirdaryo” YPX maskanida isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsuloti aniqlandi.
Joriy yilning 11 aprel kuni viloyat xududidagi “Sirdaryo” YPX maskanida Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida Qashqadaryo–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan “Neksiya-1” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Torjilg‘a qishlog‘ida yashovchi, 1986-y.t, fuqaro E.Sh boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan 446 kg hayvon go‘shti borligi aniqlandi.
Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, isteʼmolga yaroqsiz ekanligi maʼlum bo‘ldi. Isteʼmolga yaroqsizligi to‘g‘risida laboratoriya xulosalari olindi.
Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Fuqaro E.Sh boshqaruvidagi “Neksiya-1” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun Sirdaryo viloyati IIB JXX YXHB jarima maydoniga qo‘yildi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB