18 Fevral 2023 yil 228

Sirdaryo viloyati IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, mamlakatdagi mavjud qonunlarga nisbatan ishonchsizlik hamda ularni hurmat qilmaslik ruhini vujudga keltiradigan salbiy illat sanalgan korrupsiya hozirgi kunning eng dolzarb muammosi ekani va undan saqlanish, uning qurboniga aylanmaslik, bu illatga qarshi mamlakatimizda ham jiddiy kurash olib borilmoqda.

Joriy yilning 18-fevral kuni Sirdaryo viloyati IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat ishchi guruhi rahbari, o‘rinbosarlari va a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh tomonidan IIVning 2022-yil 3-mart kunidagi 56-son buyrug‘iga asosan ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish maqsadida 2023-yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi bilan belgilangan vazifalar belgilab olinib, viloyat IIBda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan “Ishchi guruh”larning faoliyati tahlil qilindi hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion jinoyatlarning sabablari va ushbu holatlarga sabab bo‘layotgan omillar, shuningdek, ishchi guruh tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlarida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i hamda ko‘rsatmalari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar Dasturining ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech