22 Noyabr 2022 yil 268

Sirdaryo viloyati IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumki, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, mamlakatdagi mavjud qonunlarga nisbatan ishonchsizlik hamda ularni hurmat qilmaslik ruhini vujudga keltiradigan salbiy illat sanalgan korrupsiya hozirgi kunning eng dolzarb muammosi ekani va undan saqlanish, uning qurboniga aylanmaslik, bu illatga qarshi mamlakatimizda ham jiddiy kurash olib borilmoqda.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Sirdaryo viloyati IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Inomov, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Q.Shermatov hamda ishchi guruh aʼzolari, viloyat IIB MMI va KBTX xodimlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishchi guruh tomonidan IIVning 2022 yil 3 mart kunidagi 56-son buyrug‘iga asosan Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish maqsadida 2022 yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash ahvoli o‘rganilib, viloyat IIBda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan “Ishchi guruh”larning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion jinoyatlarning sabablari va ushbu holatlarga sabab bo‘layotgan omillar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududiy Ichki ishlar organlarida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i hamda ko‘rsatmalari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar Dasturining ijrosiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Ishchi guruhning Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlaridagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech