16 Dekabr 2021 yil 275

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari Yangiyer shahar dehqon bozorida reyd tadbirlarini amalga oshirdi.

Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida aholi orasida sanitariya epidemiologik hamda yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish borasida Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi shaxsiy tarkibi tomonidan viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangiyer shahri dehqon bozorida aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi nazorat tartibida tekshirilib, fuqarolar tomonidan sotish uchun olib kelingan chorva xayvonlari goʻshti va ichki organlari, sut va sut mahsulotlarining belgilangan joyda veterinariya sanitariya koʻrigidan oʻtkazib savdo qilinayotganligi tekshirildi.
Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda choralar koʻrildi. Istemolga yaroqliligi nomaʼlum boʻlgan mahsulotlar viloyat hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga yuborildi.

 Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi

Text to speech