4 Dekabr 2021 yil 772

Sirdaryo viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan geroin giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxslar qoʻlga olindi.

Sirdaryo viloyat IIB JQB va Yangiyer shahar IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida Yangiyer shahar hududida Yangiyer shaxar A.Jomiy mahallasida yashovchi fuqaro J.R Yangiyer shahar T.Malik mahallasi hududida geroin giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, ushbu xolatga aloqador boʻlgan J.D, L.K lar qoʻlga olingan. Ulardan 12 dona rangsiz sellofan boʻlakchalarga joylashtirilgan taxminan ogʻirligi 10 gramm va 1 dona sellofan paketga joylashtirilgan, taxminan ogʻirligi 300 gramm boʻlgan geroin giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosalariga koʻra, olingan vositalari geroin giyohvandlik vositalari ekanligi hamda jami ogʻirligi 317,7 grammga tengligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan J.R, J.D va L.K larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodekisining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “Qamoq ” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.


Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech