3 Iyun 2022 yil 2267

Sirdaryo viloyati IIB Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishidagi ofitserlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishidagi ofitserlik lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi meʼyoriy buyruq talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan fuqarolar 2022-yilning 15,16,17, 18 hamda 20-iyun kunlari soat 09.00 dan 17.00ga qadar Sirdaryo viloyati IIB “Dinamo” sport majmuasiga quyidagi hujjatlarni aslini koʻrsatgan holda murojaat etishlari lozim:

-biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (asli va nusxasi);

-harbiy guvohnoma (asli va nusxasi);

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom) (asli va nusxasi);

-Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda, 086-forma).

-3x4 oʻlchamdagi 6 ta, 9x12 oʻlchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimisiz);

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

- Sirdaryo viloyati hududida doimiy roʻyxatda turishi;

- Yoshi 18 dan kichik 30 dan katta boʻlmagan (30 yoshdagilar ham) boʻlishi;

- Boʻyi: 165 sm va undan yuqori boʻlishi;

- Oliy maʼlumotga ega boʻlishi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoki oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishi.

Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi

-dastlabki oʻrganish;

-umum jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

-intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash;

-yakuniy suhbat.

(Tanlovda qatnashish uchun kelgan nomzodlarga tanlov tadbirlari boʻyicha toʻliq tushuncha beriladi.)

Shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, yakuniy suhbatsiz shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, xizmatga qabul qilinadi.

Quyidagi nomzodlar istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich boʻyicha maksimal ball beriladi:

- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlganlar;

- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar.

Bundan tashqari soʻngi besh yil ichida respublika miqyosidagi sport musobaqasining gʻolibi boʻlgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1-3 oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar, istisno tariqasida, xizmatga faqatgina yakuniy suhbat asosida qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun telefon raqamlari: 67-343-50-69, 67-343-50-83,

67-343-50-73.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shoh koʻchasi, 199-uy.

Moʻljal: viloyat “Stomatologiya markazi” yonida

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech