17 Sentyabr 2021 yil 619

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Shuhrat Boʻronov Sirdaryo tumani yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

2021-yil 17-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari polkovnik Sh.H.Boʻronov Sirdaryo tuman hududida tuman yoshlari bilan “Yoshlar uchrashuvi” va tuman fuqarolari bilan ommaviy sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning faoliyatida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolari hamda takliflari, fikr mulohazalarini oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot tarzida qabul oʻtkazildi. Bundan tashqari yoshlar tomonidan oʻz faoliyatini shakllantirish davridagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib ularga masʼul tashkilot rahbarlari biriktirilib viloyat 3-sektor rahbari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Ushbu sayyor qabul va ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlarni olishdagi muammolar, subsidiya olish, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga kirish, uy-joy bilan taʼminlash, fuqarolik pasporti olish, probatsiya hisobidan chiqarish, IIOlariga xizmatga kirish hamda IIV Akademiyasiga oʻqishni qayta tiklash masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida kelib tushgan 32 ta murojaatlardan 8 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal qilingan boʻlsa, 1 tasi rad etildi, qolgan 23 ta murojaatlar sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Qabul davomida viloyat 3-sektor rahbari tomonidan “Temir daftar”da turadigan oilalar, ularning muammolari va “Ayollar daftari”dagi ayollarga ijtimoiy yordam koʻrsatish kabi murojaatlarni shu yerning oʻzida ijobiy hal qilishga asosiy eʼtiborini qaratdi.

Jumladan, fuqaro Roxatoy Shermatovaning murojaati joyida ijobiy hal etilib, unga yashash uyini taʼmirlash uchun 20 qop sement va qurilish mollari olib berildi. Fuqaro Yoqub Boytoʻrayevning ham uyi yonib ketib yashashga yaroqsiz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi murojaati ham joyida hal etildi va unga uyini taʼmirlashi uchun qurilish materiallari olib beriladigan boʻldi.

Bu kabi uchrashuvlardan keyin fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi boʻyicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu kabi uchrashuvlar viloyatimizning hududlari boʻylab davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech