12 Sentyabr 2022 yil 302

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuhrat Husanovich Bo‘ronov Sirdaryo viloyati IIB fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.

O‘tkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 13 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlari tinglandi.

Ushbu qabulda 3 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari joyida ijobiy hal etilib, 3 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshlig‘i tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 4 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bo‘yicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, qolgan 2 nafar jismoniy va yuridik shaxsning murojaati o‘rganib chiqilayotganligi tushuntirildi, 1 nafar fuqarolarning murojaatlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazilishi belgilandi.

 Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi

Text to speech