8 Fevral 2020 yil 1162

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni brifingga taklif etadi

Yil yakuni bo'yicha jinoyatlar tahlili hamda amaliy natijalarni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida, Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati tomonidan 2019 yilning 24 dekabr (seshanba) kuni, soat 10.30 da Sirdaryo viloyati Ma'naviyat va ma'rifat markazining anjumanlar zalida "yil yakuni bo'yicha jinoyatlar tahlili hamda amaliy natijalarni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida" brifing o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Unda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etadilar.

Tadbirga OAV vakillari, Blogerlar hamda sohaga qiziqish bildirgan fuqarolarimiz taklif etiladilar.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech