4 Mart 2023 yil 268

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Ayol – hayot charog‘boni” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ularga e’tibor yanada kuchaymoqda. Hozirgi paytda jamiyat hayotining hech bir sohasini xotin-qizlarsiz tasavvur qilish qiyin.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi aynan xotin-qizlarning jamiyatimizda tutgan o‘rniga bag‘ishlanib, “Ayol-hayot charog‘boni” mavzusida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi ijodiy uchrashuv tarzida o‘tkazilib, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, xalq ta’limi a’lochisi Ziyayeva Moxidil Baxtiyorovna o‘z ma’ruzasida bugungi kunda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o‘rni yuksalayotganligi, ayolni, onani e’zozlangan yurtning qudrati ortib boraverishi hamda kelajagi buyuk va nurafshon bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida “8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari ayol xodimalari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan ayol xodimalar Boshqarma boshlig‘ining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida ichki ishlar organlarida bir necha yillar davomida xizmat qilib nafaqaga chiqqan xodimni kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech