15 Fevral 2023 yil 343

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi apparati xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Isroilovich Ikramovning joriy yilning 9-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 8 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 232-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash tadbirlari davomida viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi tomonidan xizmatga kelish, ketish va xizmat olib borish jarayonida formali kiyim-bosh hamda formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan kiyimlarni kiyib yurish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida, joriy yilning 13-fevral kuni soat 08:30da Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi apparati xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Saf ko‘rigi davomida xodimlarning formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishlari, tashqi ko‘rinishlari, xizmat guvohnomalarining mavjudligi hamda ularning saf tayyorgarligi darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan kiyimlarni kiyib yurish qoidalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech