10 Oktyabr 2021 yil 23

Sirdaryo viloyati hududida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazib kelinmoqda.

2021 il 24 oktabr kuni Respublikamizda boʻlib oʻtadiga prezidentlik saylovi jarayonida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri farmoyishiga asosan, Sirdaryo viloyati hududida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazib kelinmoqda.

Tadbir davomida, viloyatda mavjud 164 261 ta obyektlardan barchasi tekshirildi,  shundan: 24 ta mehmonxona, 17 ta yotoqxona, 382 ta taʼlim muassasalari, 32 ta savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari toʻliq oʻrganib chiqildi. 

Fuqarolar tomonidan pasport-viza qoidalariga amal qilish yuzasidan, 10655 ta xonadonlar oʻrganilib, tekshirish davomida 936 ta pasport viza qoidasini buzgan shaxslar aniqlandi. 

Shuningdek, tadbir davomida  16 716 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanib, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Tungi vaqtlarda belgilanmagan joylarda yoki bemaqsad yurib fuqarolar osoyishtaligiga ziyon etkazishi mumkin boʻlgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan 32 620 nafar shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tezkor- profilaktik ishlovlar oʻtkazildi, natijada;

- 161 nafar muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga;

- 103 nafar nazoratsiz yurgan voyaga etmaganlar ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida 404 nafar spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar va 245 nafar tajovuzkor ruhiy kasallikka chalingan shaxslar aniqlanib, sogʻliqni saqlash muassasalarga joylashtirildi.

Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan 6101 nafar shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

“Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari davom ettirilmoqda. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech