27 Yanvar 2022 yil 836

Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari mahallalarda aholining turmush sharoitini o'rganish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash yuzasidan Oqoltin tumaniga tashrif buyurdi.

Avval xabar berganimizdek Oqoltin tumanidagi “ogʻir hudud” hisoblangan “Toshkent”, “Yangi hayot” va “Mustaqillik” mahallalarida infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida Oqoltin tumani IIB boshligʻi rahbarligida “Ishchi guruhi” tuzilgan edi.

Jumladan, qisqa fursat ichida 18 ta yuk mashinada shagʻal keltirilib, ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 10 dona temir-beton tayanchlar, 100 kVA quvvatga ega boʻlgan transformator punkti oʻrnatilib, 4 km uzunlikdagi 0,4 kvli havo tarmogʻi tortish ishlari amalga oshirildi. «Oqoltintumangaz» gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 120 ta xonadonga yangi maishiy gaz ballonlari tarqatildi. Shuningdek, “Yangi hayot” mahallasining Sugʻdiyona koʻchasiga ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuhrat Husanov mazkur mahallalarda aholining turmush sharoitini taʼminlash, muhandislik-kkommunikatsiyatizimlari va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash yuzasidan qilingan ishlarni koʻzdan kechirdi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech