13 Oktyabr 2021 yil
2049
Sirdaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻz farzandini sotayotgan ona qoʻlga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida oʻtkazilgan tadbir davomida, Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro B.S oʻzining 2021-yil 08-oktyabr kuni tugʻilgan, farzandini 5.000 (besh ming) AQSH dollari evaziga sotgan vaqtda ushlandi va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Fuqaro B.S ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyati “Bolalar uyi”ga topshirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.