19 Iyun 2025 yil 578

Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlarining navbatdagi sud-huquq masalalariga bagʻishlangan ommaviy sayyor qabuli Sirdaryo tumanida boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash buning uchun esa ularni rozi qilish mavjud muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish orqali murojaatlariga ijobiy yechim topish bugun barcha boʻgʻindagi rahbarlar oldida turgan muhim vazifaga aylanib ulgurdi. Shu maqsadda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Farux Xaydarov tomonidan belgilangan rejaga asosan hududlarda manzilli sayyor qabullar muntazam oʻtkazilmoqda.

Shu boisdan, viloyat IIB rahbari Sirdaryo tumanida boʻlib, tuman aholisining turli yoʻnalishlaridagi murojaatlariga yechim izlash hamda ularni hal etish choralarini koʻrish maqsadida muloqoti tashkil etildi.

Tashkil etilgan uchrashuvda har bir murojaatga joyida tegishliligi boʻyicha soha mutaxassislari ishtirokida yechim izlandi. Qabulda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻiga pasport olish, koʻchalarga yoʻl belgilari oʻrnatish, ishga qabul qilish, probatsiya hisobidan chiqarish masalalarida amaliy yordam soʻrab murojaat qilishdi.

Ichki ishlar boshqarmasi rahbari murojaatlarning huquqiy asosda koʻrib chiqilishi, fuqarolarning muammolarini yechishda ochiq va halol yondashuvni taʼminlash muhimligini taʼkidladi. Qabul yakunida murojaat etgan shaxslarga qonuniy tartibda javob berish uchun masʼullarga topshiriqlar berildi.

Inson qadrini ulugʻlashdek ezgu maqsadlarni koʻzlagan bunday uchrashuvlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbari tomonidan barcha hududlarda uzluksiz ravishda oʻtkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech