25 Yanvar 2025 yil 2359

Sirdaryo viloyati hududida 2024 yil yakuni bo‘yicha jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Saidkarim Nishonboyev ishtirokida 2024 yil sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarov tomonidan 2024 yil davomida viloyatda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, sodir bo‘lgan jinoyatlarni issiq izida fosh etish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan axborot berildi. Yig‘ilish tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari har bir ichki ishlar organi xodimining o‘zi xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, asosiysi vatanga, xizmatga va xalqiga sadoqatli bo‘lishi lozimligini taʼkidlab, 2025 yilda viloyatda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha barcha ustuvor vazifalar belgilandi. Yig‘ilish so‘ngida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Saidkarim Nishonboyev soha xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishga, fuqarolar xavfsizligi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tib, Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasida mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.

Text to speech