Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 03 iyul kuni Sirdaryo viloyati IIBda Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Jamoatchilik kengashi raisi, Mahmudov Ravshanbek kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Boshqarma Axborot xizmati boshlig‘i - Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi podpolkovnik Dostonbek Shamsidinov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–10-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tizimli ravishda amalga oshirish va jamoatchilik bilan hamjihatlik ruhida ishlashni taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2023 yil 11 mart kunidagi “Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari va ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar keltirib, jamoatchilik kengashi aʼzolarining yangilangan tarkibini yig‘ilish ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi.
Shuningdek D.Shamsidinov Boshqarma Axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, davlat organlarining ochiqligini taʼminlash, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 may kunidagi O‘RQ-369-sonli “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-sonli “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek jamoatchilik kengashi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi yuzasidan 2025 yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdi.
Bundan tashqari yig‘ilish davomida, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Qahramon Shermatov tomonidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimida xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni taʼminlash hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
O‘z navbatida, jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan jamoatchilik kengashining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.