10 Iyun 2024 yil 4798

Sirdaryo viloyati IIBda bo‘sh bo‘lgan serjantlik lavozimlarini jamlash maqsadida IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini eʼlon qiladi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “serjantlik” yo‘nalishiga 4 ta mutaxassislik (Yo‘l-patrul xizmati, Jamoat tartibini saqlash faoliyati, Pasport tizimini taʼminlash xizmati va Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati) bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi 2024 yilning 1 iyun kunidan 2024 yilning 1 iyul kuniga qadar davom etadi.

  Tanlov bosqichlari:

-hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

-umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

-intellektual bilim darajasini baholash;

-yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga mutaxassisliklar bo‘yicha:

1. “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 175 sm dan past bo‘lmagan (erkaklar uchun);

2. “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”  yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 165 sm dan past bo‘lmagan (ayollar uchun);

3. “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati”  yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 165 sm dan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 160 sm dan past bo‘lmagan (ayollar uchun);

4. “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishiga: (sport sinovlari boshqa yo‘nalishlarga nisbatan kuchaytirilgan tarzda qabul qilinadi)  o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 165 sm dan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 160 sm dan past bo‘lmagan (ayollar uchun);

Yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Sirdaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy taʼlim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda Ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi. 

 Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);

harbiy guvohnoma asl nusxasi;

bakalavr diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);

Manzil: Guliston shahar, Navoiy shox ko‘chasi, 199-uy (Dinamo sport majmuasi).

Mo‘ljal: (Stomatologiya markazi yonida) joylashgan.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (97) 494-85-41; (91) 503-39-90

Text to speech