Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlash yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.
E ’ L O N
Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlash yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi me’yoriy buyruq talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.
Lavozimlar tarkibi: Safdorlar
E‘lon berilgan sana: 02.07.2025
Bo‘sh ish o‘rinlar soni: 40 ta
E‘lon tugash sanasi: 17.07.2025
Ma‘lumoti bo‘yicha: Oliy ta’lim bakalavriat
Lavozimi: Safdorlik
Talab etilgan bo‘y: 170.0 sm va undan yuqori
Jins turi: Erkak
Yosh chegarasi: 18 yoshdan kichik bo‘lmagan 30 yoshdan katta bo‘lmagan
Nomzodlar bog‘lanishi uchun telefon raqamlar: +998 67 343 52 80, +998 67 343 50 83
Umumiy talablar:
- Sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatdan o‘tgan fuqarolar;
- Sirdaryo viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar.
- Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan ichki ishlar organlarida xizmatga yuborilishi mumkin bо‘lgan fuqarolar
Mavjud imtiyozlar:
- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar;
- Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan fuqarolar;
- Sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan fuqarolar;
- Talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan fuqarolar;
- Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari;
- IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari.
Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Saralash bosqichi:
- Ro‘yxatdan o‘tish;
- Dastlabki o‘rganish;
- Intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash;
- Test sinovi (O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarni baholash);
- Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash (kuch ishlatish mashqi-to‘sinda (turnikda) tortilish, tezlikka oid mashq-100 metrga yugurish va chidamlilikka oid mashq-3000 metrga yugurish);
2. O‘rganish bosqichi:
- Nomzodlarni xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish;
- Nomzodlarni psixofiziologik (poligraf) tekshiruvdan o‘tkazish (Ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to‘sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
Lavozimning faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:
Xizmat hududlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish, xizmat hududlaridagi kriminogen vaziyatni tahlil qilgan holda huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish, ekstremal vaziyatlarda, ayniqsa, terrorchilik harakatlari va boshqa og‘ir jinoyatlar sodir etilganda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha doimiy jangovar shaylikni ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda, shuningdek, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar, turli namoyish (miting)lar vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta’minlashning yuqori mobilligi va samaradorligini oshirish, huquq-tartibotning guruhlar tomonidan buzilishi va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, postlar va patrullik yo‘nalishlarida ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni ta’minlash.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar 2025 yil 02 iyul kunidan 2025 yil 17 iyul kuniga qadar kb.iiv.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.