19 Sentyabr 2024 yil 2022

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash boʻyicha tezkor yigʻilish oʻtkazildi

Joriy yilning 17-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB majlislar zalida Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Qahramon Shermatov hamda IIV SHXBB Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi masʼul xodimlari huzurida Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash boʻyicha tezkor yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda xodimlar oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonunchilikka rioya qilish boʻyicha masalalar muhokama qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech