19 Avgust 2024 yil 1303

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabuli viloyat xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

Aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida, viloyat xalq qabulxonasida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabulda har bir murojaatni imkon qadar joyida hal etilishiga eʼtibor qaratildi.

O‘tkazilgan shaxsiy qabulda asosan ishga joylashish, tergov masalalari, firibgarlik masalalari bo‘ldi.

Qabulda ayrim masalalar qabulning o‘zidayoq hal bo‘lgan bo‘lsa, yechimi yuzasidan vaqt talab qilinayotgan masalalar yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tegishli masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining shaxsiy hamda sayyor qabullari viloyatimizning hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

Sirdar viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech