9 Iyul 2024 yil
2179
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning aholi murojaatlarini tinglash, masʼullar ishtirokida koʻrib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish maqsadida viloyat Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Qabulda tergov va surishtiruv harakatlari bilan bogʻliq fuqarolarning turli muammo va murojaatlari eshitildi.
Boshqarma boshligʻi qabul qilingan har bir murojaatni chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati