13 Sentyabr 2024 yil 2236

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Shaxboz Nematjonovning navbatdagi fuqarolar bilan sayyor qabuli Yangiyer shahrida boʻlib oʻtdi

Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrganish maqsadida Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari -Tergov boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Sh.N.Nematjonov tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan Yangiyer shahrida navbatdagi qabul oʻtkazildi.

Unda 10 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganildi.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini oʻz nazoratiga oldi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech