18 Yanvar 2025 yil 527

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining viloyat Xalq qabulxonasidagi navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning fuqarolarning kundalik va ijtimoiy muammolarini oʻrganishi yuzasidan navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi.

Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish hamda tergov va surishtiruv harakatlari va uy-joy bilan bogʻliq fuqarolarning turli muammo va murojaatlari eshitildi.

Boshqarma boshligʻi qabul qilingan har bir murojaatni chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech