8 Avgust 2024 yil
2202
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sandjar Djabarovning navbatdagi aholi murojaatlariga bagʻishlangan qabuli viloyat Xalq qabulxonasida boʻlib oʻtdi
Qabulda Ichki ishlar boshqarmasining tegishlilik boʻyicha masʼul xizmat rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda fuqarolar firibgarlik ishlari, moddiy yordam va boshqa turli masalalar yuzasidan oʻz muammolari bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.
Mazkur masalalar koʻrib chiqilib, barcha murojaatlar nazoratga olindi va bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.
Muddat talab etuvchi fuqarolarning murojaatlari ijrosini nazoratga olish borasida esa masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati