20 Mart 2024 yil 3739

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sanjar Boʻronovich Djabarov 2024-yil 18-mart kuni viloyat Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.

Xususan, joriy qabulda 6 nafar fuqaroning murojaati eshitilib, 1 ta murojaat ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat yuzasidan asosli tushuntirish berilib, 3 ta murojaatlar qoʻshimcha oʻrganishni talab qilganligi sababli ijrosi nazoratga olinib tekshiruv ishlari oʻtkazilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech