Sirdaryo viloyati ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov hamda viloyat prokurori Savid Imatov huzurida energo resurslarni iqtisod qilish va yashil energiyani keng joriy etish masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh shtabida videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hamda shahar-tumanlarning idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Dastavval, viloyat sektor rahbarlari tomonidan hududlarda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari samarali tashkil etish, fuqarolarning iz gazidan zaharlanishini oldini olish, ijtimoiy soha ob’yektlaridagi energiya zaxiralarini to‘liq ta’minlash, buning uchun kuch va vositalarini safarbar qilish, yashil energiyani keng joriy etish hamda aholi orasida targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglanib, viloyat sektor rahbarlari tomonidan energo resurslarni iqtisod qilish va yashil energiyani keng joriy etish yuzasidan mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.