25 Mart 2025 yil
571
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida, har haftaning yakshanba kuni viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etiladi.
Qabul davomida 8 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati