18 Iyul 2025 yil 149

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi

Qabul jarayonida Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, 10 ga yaqin ichki ishlar organlari faoliyati hamda sud-huquq sohasiga doir murojaatlar koʻrib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Bu kabi qabullar tasdiqlangan reja asosida viloyat hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan doimiy ravishda oʻtkazib boriladi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech