26 May 2025 yil 420

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar murojaatiga bag‘ishlangan qabul bo‘lib o‘tdi

Qabulda, Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan, 6 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Fuqarolar tomonidan Ichki ishlar organlariga ishga kirish, tergov va boshqa masalalari bilan murojaat qilindi.

Qabul davomida masʼullar tomonidan asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish, yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech