22 Noyabr 2021 yil 411

Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari bilan Toshkent shaharga sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik B.T.Abdullaev raisligida, 2021 yilning 9 oyida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 85-sonli bayonining 5.2-bandida belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan, Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida yuqori natijalarga erishib qolgan xamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari bilan 2021 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari kuzatuvi ostida 10 nafar xodimlarning 23 nafar oila a’zolari bilan, Toshkent shahrida joylashgan “Ashxobod saylgohi”, “Magik siti”, “Zangi Ota ziyoratgohi” hamda “G‘alaba bog‘i” xiyobonlariga tashrif uyushtirilib, xodimlar va ularning oila a’zolari ma’naviy va ma’rifiy dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilagan holda tashkil etildi. Sayohatdan so‘ng xodimlar va ularning oila a’zolari yashash xonadonlariga xavfsiz yetib borishlari ta’minlandi.

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB

Text to speech