Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronovning Sirdaryo viloyati IIB qabulxonasida shaxsiy qabuli oʻtkazildi.
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov tomonidan 2021-yil 11-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.
Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 9 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi, shundan 2 nafar jismoniy va yuridik shaxslarlarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 3 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshligʻi tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 2 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati boʻyicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 1 nafar jismoniy va yuridik shaxsning murojaati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi tushuntirilib, tekshiruv jarayonlari nazorat tariqasida oʻrganib chiqilib javob berilishi tushuntirildi.
Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilash ishlash guruhi