6 Fevral 2023 yil 207

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ona – Vataniga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan maʼnaviyatli va maʼrifatli avlodni tarbiyalashga qaratilgan qator tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari” ana shu o‘qitish va tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

Ushbu darslarda yurtimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar, jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan har bir normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyati chuqur o‘rgatilib borilishini taʼminlash, ular talablari asosida yuklatilgan vazifalar ongli ravishda ijro etilishiga erishish ushbu darslarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Joriy yilning 4 fevral kuni Sirdaryo viloyati IIBda navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” o‘tkazildi.

Dars mobaynida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-sonli Qarorining mazmun-mohiyati, ushbu qaror bilan bo‘ladigan o‘zgarishlar, “Ichki ishlar organlari xodimlarning kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” talablari bo‘yicha xodimlarga qo‘yilayotgan talablar tushuntirib o‘tildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech