22 Avgust 2022 yil 267

Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSBda saf ko‘rigi va saf tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Farmoyishi hamda Sirdaryo viloyat IIBning 2022 yil 1 avgust kunidagi tegishli Farmoyishiga asosan, Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida joriy yilning 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar o‘tkaziladigan “Vatanparvarlik oyligi”ning dasturiga muvofiq, 2022 yil 22 avgust kuni Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB tomonidan qo‘yidagi   ishlar amalga oshirildi.

Dasturning 15-bandini ijrosini taʼminlash yuzasidan, Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi o‘tkazilib, xodimlarning xizmat kiyimi, xizmat guvohnomalari tekshirilib, xodimlarga doimiy ravishda xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilishlari to‘g‘risida yo‘riqnomalar berildi.   

Shuningdek, Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB shaxsiy tarkibi bilan saf tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB

Text to speech