28 Aprel 2022 yil 261

Sirdaryo viloyat ichki ishlar organlari xodimlari “Zukko kitobxon” va “Zakovat”  intellektual oʻyinlarida tengsiz deb topildi.

Ichki ishlar organlarida joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi”doirasida joriy yilning 28 aprel kuni Toshkent shahar, Toshkent viloyati IIBB, Jizzax va Sirdaryo viloyati IIB xodimlari oʻrtasida “Zakovat” va “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinlarining mintaqaviy bosqichi oʻtkazildi.

Murosasiz, qizgʻin oʻtgan “Zakovat” va “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinlarida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tengsiz deb topilib faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

 

Text to speech