Shirin shahrida Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Shirin shahar akusherlik kompleksining majlislar zalida, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha Sirdaryo viloyati hududiy komissiyasining masʼul kotibi, viloyat TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi podpolkovnik D.N.Xaitov va shu boʻlim katta tezkor vakili mayor B.Sh.Xoʻjakovlar ishtirokida, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi 17.08.2020-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni-633-sonli, 2-moddasiga asosan, ushbu Qonunning mohiyatini va ahamiyatini yetkazish hamda Sirdaryo viloyati hududida odam savdosi jinoyatini oldini olish yuzasidan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Shirin shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlari va xodimlari qatnashdi.
Yigʻilishda viloyat hududiy komissiyasi masʼul kotibi, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi podpolkovnik D.N.Xaitov yigʻilish qatnashchilariga “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi 17.08.2020-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni-OʻRQ-633-sonli, ushbu Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib, mutasaddi tashkilotlarni oldida turgan vazifalar va ular tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida hamda komissiya oldida turgan vazifalar haqida tushuncha berdi.
Shundan keyin, viloyat hududiy komissiyasi ishchi guruhi aʼzosi, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor vakili mayor B.Sh.Xoʻjakov soʻzga chiqib, yigʻilish qatnashchilarini odam savdosi jinoyatini oldini olish, mazkur jinoyatga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
Yigʻilish davomida qatnashchilar tomonidan savollar berilib, hududiy komissiya ishchi guruhi vakillari tomonidan kerakli javoblarini olishdi.