5 Iyul 2020 yil 1175

Sayxunobod tumanida Kobalt piyodani urib yubordi.

2020 yil 04 iyul kuni soat 23:15da Sayxunobod tumani, Ittifoq MFY hududidan o‘tuvchi 4R-25 avtoyo‘lining 54-km Baxt-Sayxunobod  yo‘nalishida   Xaydovchi: 15.05.1963 yilda tug‘ilgan Sayxunobod tumani, Do‘stlik MFY yashovchi, E.U.o‘ziga tegishli bo‘lgan, oq rangli, Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayogan vaqtida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda xarakatlanib ketayotgan  piyoda 1991 y,t Sayxunobod tumani, Ittifoq MFY, yashovchi  B.D.ni avtomashinani old o‘ng tomoni bilan urib yuborib YTH sodir etgan.  

Natijada: piyoda B.D. “BMYOJ, BMCH, o‘ng qo‘li bilagi va chap oyoq boldir suyagining yopiq sinishi” tashxisi bilan Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB TG tomonidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.     

Text to speech